Ey do`stim, ey do`stim,
Davlating, imkoning bo`lsa,
Tulporing choparga maydoning bo`lsa,
Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa,
Eng avval otangning qadrini bilgin ,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol-davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota- onangdan,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar
Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar,
Odam bo`lib solgin ortga bir nazar,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori – jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadr eshigin,
Ulgur ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Ey do`stim, ey do`stim,
Davlating, imkoning bo`lsa,
Tulporing choparga maydoning bo`lsa,
Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bu dunyo nimadir, bu dunyo – o`yin,
Bugun yutsak, erta yutkazish tayin,
Boshqa ishingni qo`y, ey Ahad Qayum,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bor boyligu naqding shular emasmi?
Bor davlatu taxting shular emasmi?
Axir sening baxting shular emasmi?
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg `il.
Ey do`stim, ey do`stim,
Davlating, imkoning bo`lsa,
Tulporing choparga maydoning bo`lsa,
Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa,
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Eng avval otangning qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.